close

Вход

Забыли?

вход по аккаунту

код для вставкиСкачать
EKSPEDITSIYA METODI – DALADA DALILIY MA’LUMOTLARNI
TO‘PLASH VA ULARNI TARTIBGA SOLISH – TABIIY GEOGRAFIYANING
AN‘ANAVIY TADQIQOТ METODI
REJA
1.
2.
3.
4.
5.
6.
Ekspeditsiya-aniq joyda tadqiqot olib borish haqida
Tayyorgarlik bosqichi-maqsad va vazifalar
Dalada daliliy ma’lumotlarni olib borishning mazmuni. Rekognostsirovka.
Tayanch maydonlar va marshrutlar bo‘yicha tadqiqotlar
Kameral bosqich, ma’lumotlarni tahlil qilish
Hisobot bosqichi hisobotni yoqlash
Statsionar tadqiqotlar
Ekspeditsiya-bevosita joyda geografik ob‘ekt haqida faktik, ma’lumotlarni
olish maqsadida kuzatish, o‘lchash bilan bog’liq tadqiqotlar olib borish demakdir.
Ekspeditsiyada olib boriladigan tadqiqotlarni dala ishlari deyiladi. Aniq joyda,
muayyan bir maqsadda uyushtirilgan geografik tadqiqot bunday tekshirishning eng
ko‘p tarqalgan turi. entsiklopediyalarda va o‘zbek tilining zohli lug’atida
ekspeditsiya-lotincha tartibga keltirish, yurish degan ma‘noni bildiradi deb
ko‘rsatilgan. Ekspeditsiya-biror ilmiy maqsad yoki alohida topshiriq bilan
uyushtirilgan safar deb izohlangan. Tabiiy geografiyada aniq maqsadni ko‘zlab,
muayyan regionga uyushtirilgan ilmiy kuzatish hamda tadqiqotlar olib borish
metodi. Ekspeditsiya jarayonida dalada olib borilgan tadqiqotlar natijasida
yig’ilgan materiallar geografiya uchun ozuqa, asos, poydevor bo‘lib xizmat
qiladiki, ayni shun ma’lumotlarga asoslanib, nazariya va g’oyalar paydo bo‘ladi,
taraqqiy etadi, ilmiy sinovdan o‘tadi. Shuni aytish lozimki, ilmiy uyushtirilgan
aniq maqsadni ko‘zlaydigan tabiat safari bo‘lgan, rasmiy idora va muassasalar
tomonidan tashkil etiladigan bunday ilmiy faoliyat geografiya uchun zarur. Ilmiytadqiqot instituti, oliy o‘quv yurti, loyiha-reja muassasalarida muayyan regionda
tabiiy komplekslarni, sanoat, transport kommunikatsiyalari, hududlarni
dehqonchilik uchun o‘zlashtirish va boshqa maqsadlarda foydalanish, yoki mavjud
ilmiy taxminlarni isbot qilish uchun ekspeditsiya g’oyasi tug’iladi, aslida g’oya va
taxminlar bir necha bo‘ladi, shularni isbot qilish uchun ekspeditsiya tashkil etish
g’oyasi vujudga keladi. Geografik kashfiyot tarixiga nazar tashlasak, Beruniy
yerning shar-dumaloq shaklda bo‘lganligini aniq tasavvur etgan (ma‘mura)larni
okeanlar yuvib turishi yoki okeanlar qirg’oqlari materiklar bilan chegaralanganligi
haqidagi fikr – g’oyaga asoslanib, g’arbiy yarim sharda – yerning bizning obod
joylarning qarama-qarshi tomonida odamlar yashaydigan quruqlik bo‘lishi kerak
deb taxmin – faraz qilgan. Oliy o‘zining “Hindiston”, “Mas‘ud qonuni” va boshqa
asarlarida amalda isbotni talab qiluvchi g’oyalarni yozgan. Buni Beruniydan 500
yil keyin X.Kolumb ekspeditsiyasi isbot qilib, qo‘shaloq materik shimoliy va
janubiy Amerikani kashf etdi. Sirasini aytganda, ekspeditsiya dalada daliliy
ma’lumotlarni to‘plovchi metod sifatida antik davrdan boshlangan. Miloddan
oldingi V asrda yashagan Gerodot mamlakatlarning tabiati va tarixini tasvirlashda
foydalanilgan ma’lumotlarni o‘z sayyohlari davomida to‘plagan. Tarix fanining
otasi deb nom olgan, geografiyada o‘lkaga izchil geografik ta‘rif berish
yo‘nalishining asoschisi deb e‘tirof etilgan Gerodot Skifiya-Skiflar mamlakati
bo‘lgan Qoradengiz bo‘yi past tekisligida sayyohda bo‘lmaganda bu regionning
o‘rmonsizligi, tekislik ekanligi, qishi qaxraton sovuq, yozi quruq va issiq iqlimli
ekanligi bu darajada aniq ta‘riflanmagan bulur edi. Yoki Marko Polo 24 yil (12711295) maboynida Hitoyga sayoat qilmaganda Yevropaliklar uchun uzoq vaqtlar
Osiyo o‘lkalari haqida muhim manba bo‘lib xizmat qilgan “Marko Polo kitobi”
yozilmas edi. yuqorida qisman qayd etganimiz Sibir va Uzoq Sharqning geografik
ta‘rifi, Markaziy Osiyoning o‘ziga xos jozibali bo‘lmagan tabiati, Afrika ichki
releflarining Yevropa va Osiyoga hech bir о‘xshavaydigan tabiati Karashenikkov,
Pallas, Gvtlin, Prjeva‘lskiy, Livingstjn ekspedisiyalarisiz o‘z tasviriga ega bo‘lmas
edi. Ilimga sadoqat, jasurlik, tabiatdamavjud bo‘lgan etakchi xususiyatni ilg’ay
bilish, ko‘rgan va tadqiq etgan voqiylikni ilmiy va qiziqarli tasvirlay olish kabi
qator xislatlar va fazilatlar barcha tadqiqotchilaruchun xos, xususiyatlar. Zarur
bo‘lgan jon fido qilish (Robert Skott, Magellan, D. Kuk, Sedov, Rzsanov, A.
Vegeper, N.Fezchenko va boshqalar) ekspeditsiya boshliq va a‘zolariga xos
xususiyat. Geografik tadqiqotlarning sayohat va ekspeditsiyalari usulida ma’lumot
to‘plashi-birinchi bo‘lishga intilish, yangi yerlarni kashf qilishda ifodalangan
jozibadorligi-yangilik ochish, tabiat qo‘ynida bo‘lish, bugungi va kelajak avlod
uchun tabiatni asrab qolishga ishtiyoq jozibasida hozir ham davom etmoqda.
Shuning uchun ilmiy-texnika inqilobi va axborotlar davrida bevosita tabiatning
o‘zida ma’lumotlar to‘plashga qaratilgan ekspeditsiya metodi geografiyaning
yetakchi metodi bo‘lib qolaveradi. Fanlarning differentsiyalashuvi-tarmoqlarga
bo‘linishi va integrallashuvi oraliq fanlarning vujudga kelishi ekspeditsiyalarning
iqtisoslashuviga olib kelmoqdaki, ayrim-alohida komponent va komplekslarni
tekshirish maqsadida qo‘yilgan dala tadqiqotlari tashkil etilmoqda, avvallari
bo‘lganidan kompleks-ko‘p maqsadli emas-bir ikki vazifani bajaradigan dala
tadqiqotlari olib boradigan ekspeditsiyalar ko‘paymoqda kompleks – ko‘ptarmoq
va ko‘p maqsadli ekspeditsiyalarning qator vazifalari boshqa fan dala boshqa fan
dala tadqiqotlari vazifasi doirasiga o‘tmoqda-kompleksning litogen bo‘g’inigeologik, biogen bug’ini-biologik tadqiqotlar vazifasiga o‘tib ketdi, xolbuki
bunday vazifalarni avvallari geograf tadqiqotchilar bajarar edilar, endi esa bu
bug’inlarga doir ma’lumotlarni tegishli sohadan olish mumkin. Shunga qaramay
XX asrning birinchi yarmida isholib borgan geografik ekspeditsiyalarni
ekspeditsiya a‘zolarining mutaxassisligi bo‘yicha fanlararo ekspeditsiyalar desa
bo‘ladiki, shu bois ularni kompleks ekspeditsiyalar deb atalgan. Ishlab chiqarish
kuchlarini o‘rganish kengashi-SOPS rahnomaligida Kola yarim oroli, Qoraqum,
Boshqiriston, Yakutiya, Tuva, Tojik-Pomir va boshqa kompleks ekspeditsiyalar
sobiq Ittifoqning muayyan regionlarida tabiiy sharoit va tabiiy resurslar haqida
muayyan ahamiyatga molik tadqiqotlar olib borgan. Ekspeditsiya qatnashchilari
tarkibi to‘g’risida shunday fikrlar ham bor, ekspeditsiya tadqiqotlarini butun bir
ilmiy jamoa bajarishi, geograf esa ekspeditsiyada tashkilotchilik qilishi-butun bir
jamoa to‘plagan materiallarni sintezlashtirib-umumlashtirib ekspeditsiya olib
borilgan rayonning geografik xususiyatlari bo‘yicha ilmiy to‘xtamga kelishi kerak.
N.A.Milkovning fikricha, tabiiy geografning ekspeditsiya tadqiqotlarida
tashkilotchilik qobiliyatini kamsitmay aksar hollarda uning tashklotchiligini tan
olib, e‘tirof etib, unga-tabiiy geografga tadqiqotlarni tashkil etishga yetakchilik
qilish vazifasi yuklatilgan bo‘lishi lozim. Boshqa tor iqtisosli mutaxassis o‘z
sohasiga doir tadqiqotlarni olib borgani singari-tabiiy geografdan o‘zga ixtisoslik
vakili bajara olmaydigan – faqat tabiiy geografgina uddasidan chiqadigan o‘ziga
xos tabiiy tadqiqotlarning dalada bajarishga tabiiy geograf majburdir. Bunday
ishlar – landshaft komplekslarining tarkibidagi komponentlararo aloqani ro‘yobga
chiqarish, tahlil etish xaritaga tushirish va boshqa ishlarini tabiiy geografdan
boshqa hech bir ixtisosdagi mutaxassis bajara olmaydi, faqat tabiiy geografning
qo‘lidan keladi deb hisoblaydi. Olim, turgangapki, dalada bu taxlit ancha
murakkab va ko‘p qirrali bunday vazifani har taraflama tayyorgarligi bo‘lgan o‘z
ishiga jiddiy munosabatda bo‘lgan tabiiy geografning qo‘lidan kelishi mumkin.
Aslida tabiiy geograf ekspeditsiya a‘zosi sifatidagi siymosida-shaxsida ham
botanik ham tuproqshunos, ham zoolog, ham iqlimshunos mutaxassisligini qo‘shib
olib bormasligi zarur. Harqanday sharoitda tabiiy geograf tabiiy hududiy
komplekslarni o‘rganish usulini egallagan tor doiradagi mutaxassis bo‘lib qolishi
mumkin. Shunday ekan, ekspeditsiya tashkil etish, unda tabiiy hududiy
komplekslarni o‘rganish, geografik landshaftning qator xususiyatlarini ro‘yobga
chiqarish, xaritalashtirish, geografik komplekslar mavjud bo‘lgan hududning resurs
potentsiali, rekreatsiya salohiyatini va boshqa (ekspeditsiya maqsadi nazarda
tutgan vazifalar) tadqiqot ishlarini olib borishda tabiiy geografga yetakchilik qilish
mas‘uliyati yuklanganligini yana bir bor ta‘kidlash kerak. Ekspeditsiyada asosan
to‘rt bosqichda ish olib boriladi.
1. Tayyorgarlik bosqichi-tadqiqotlar maqsadi-(Tabiiy komplekslarning
resurslaridan foydalanish, rekreatsiya zonalari va ob‘ektlari barpo etish,
landshaftning morfologik qismlarini o‘rganish va xaritalashtirish) aniqlanadi.
Rahbar va uning o‘rinbosarlari chuqur va hartaraflama bilimli, tashkilotchilik
qobiliyati, mumkin qadar ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislardan tayinlanadi.
Har bir rahbarning vazifasi aniqlanadi. Ekspeditsiya a‘zolari tarkibi aniqlanadi.
Jismoniy sog’lom, qiziquvchan o‘rganilishga mo‘ljallangan joyni biladigan
mutaxassislar tanlanadi. Har bir qatnashchining tayyorgarlik va ekspeditsiya
davrida bajaradigan vazifasi aniqlanadi. Ular muovini rahbarligida tibbiy ko‘rikdan
va texnika havfsizligi qoidalari bo‘yicha sinovdan o‘tkaziladi. Borilayotgan region,
joy haqidagi ma’lumotlarni adabiyotlardan, kartografik manbalardan, jamg’arma
(fond) materiallaridan, joyni yaxshi bilgan kishilar, aholi vakillaridan so‘rab
kishilar aholi vakillari izoh so‘rab o‘rganiladi. Smeta tuziladi. Smetada
ekspeditsiya uchun barcha sarf-harajatlar ko‘rsatladi. Transport yordamida
ishchilarni yollash, kundalik oziq-ovqat va boshqa harajamlar ko‘rsatiladi. Mablag’
olinadigan va transport vositalari manbalari, tashkilot, muassasa aniq ko‘rsatiladi.
Boshliq xo‘jalik-tashkil ishlar bo‘yicha muovini barcha kerakli transport, oziqovqat, dori-darmon, maishiy vositalar-palatka, ko‘rpa, qozon-tovoq, tadqiqot va
tashkiliy ishlar uchun ashyolar qaerdan, olish qancha miqdorda bo‘lishi aniqlanadi.
Bolat, bolg’a, arra va xo‘jalik ashyolari miqdori, ishlash darajasi aniqlab
tayyorlanadi.
Priborlar, jihozlar, kuzatish uchun kerakli meteorologiya, gidrologiya,
geologiya tadqiqotlari uchun qutilar, kislota, kompas, ruletka va boshqalar
aniqlanadi. Rayonga doir rasmlar, kosmik fotorasmlar, topografik xaritalar
tayyorlab qo‘yiladi. Rahbarning ilmiy ishlar bo‘yicha muovini qatnashchilarning
har biri dalada bajaradigan ishi, qaysi ish uchun mas‘ulligi, qachon qaysi ishni
bajarishi rejada aniq kursatiladi. Qatnashchilar ekspeditsiya davrida bajaradigan
ishlarni bo‘la tasavvur etadi. Mahalliy tashkilot va ma‘muriy idoralar bilan aloqa
o‘rnatiladi. Hamma narsa taxt bo‘lgandan keyin ekspeditsiyaga yo‘l-nazorat
xizmati yo‘lboshchiligida jo‘nab ketiladi.
Oldindan xomaki landshaft, marshrut va geomorfologik xaritalar tuziladi.
Olingan barcha ma’lumotlar asosida qoladi tadqiqot ishlari olib borish dasturi
tuziladi. Qoida talabiga muvofiq tadqiqot dasturida tadqiqotlarni qaysi yo‘nalishlar
(marshrutlar) bo‘yicha o‘tkazish, tog’-qazish ishlari olib borishi nuqta va
maydonlari (burg’quduq, chuqurlik qazish) belgilanadi. Geodezik o‘lchash ishlari
xomaki rejalashtiriladi. Dala tadqiqot oilb borishning barcha ilmiy ashyoviy
tomonlari rejalashtirilgan bo‘ladi.
Dala bosqichi ekspeditsiya geomorfologik tadqiqotlarning asosiy tarkibiy
qismi hisoblanadi. Asosiy faktik ma’lumotlarni to‘plash, to‘plangan ma’lumotlarni
dastlabki qayta ishlash, o‘rganilayotgan hududning geomorfologik tuzilishi haqida
birinchi xulosalarni chiqarish, tadqiq etilayotgan hududning daladagi dastlabki
variant geomorfologik xaritasi tuziladi. Olib borilayotgan tadqiqotning maqsadi va
tuzilayotgan xaritaning mashsshtabiga bog’liq holda xarita tuzishning ikki
metodidan biri qo‘llanilishi mumkin. Yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilgan
tadqiqotlarni o‘z ichiga olgan tayanch hudud metodi yoki butun maydonni xaritaga
tushirish metodi.
Birini ya‘ni tayanch hudud metodi qo‘llanilganda o‘rganilayotgan rayon
uchun tipik bo‘lgan unchalik katta bo‘lmagan maydonlar tanlab olinadi, so‘ngra
olingan natijalar o‘rganilayotgan rayonning boshqa qolgan uchastkalari uchun
huddi taxlit bo‘lishi kerak deb hisoblanadi va xaritaga tushiriladi. Bu
ekstrapolyatsiya metodi deb ataladi. Bunda yirik masshtabli topografik xaritalar,
aerofotorasmlar, kosmik fotosuratlardan keng ko‘lamda foydalaniladi. Tayanch
uchastkalar o‘rganilayotgan rayon uchun masalalalar yechimini ochadigan
namunaviy andozalar sifatida xizmat qilishi kerak. Qo‘lanilayotgan ekspolyatsiya
(metodining to‘g’ri ekanligini nazorat qilish maqsadida tayanch hududlarni birbiriga bog’laydigan ishchi xarita marshrutlari siyrak turi tortiladi (tayanch hududlar
orasidagi tayanch bo‘lmagan maydonlar tadqiqot marshrutlariga saylanma holda
bo‘lsa ham tadqiqotga tortiladi.
Yirik masshtabli xaritalashtirishda butun maydon bo‘ylab tadqiqotlar olib
boriladi. Bu holda tadqiqot bir qadar masofasi teng marshrutlar bo‘yicha olib
borilib, marshrut va kuzatish shahobchalari yetarlicha zich bo‘ladiki, tayanch
maydonlarga ehtiyoj qolmaydi. Tabiiyki, maydon bo‘ylab tadqiqotlar olib borish
metodida, tayanch hududlar metodiga qaraganda vaqt ko‘proq sarflanadi,
tadqiqotlarga tortilgan kuchlar ham ko‘proq bo‘lish talab etiladi. Shu narsani aniq
ta‘kidlash zarurki, har ikkala holda ham dala ishlari umumiy (tanishuv va
moslashuv) muvofiqlashuv marshrutlaridan boshlanadi. Bunday muvofiqlashuv
dala tadqiqotlarida rekognostsirovka deyiladi. Odatda, rekognostsirovka
marshrutlarining maqsadi olinishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar asosiy geomorfologik
komplekslarni qamrab olsin va rayon uchun harakterli bo‘lgan relef elementlari va
shakllari, tayanch geologik ochilmalar va geologik ob‘ektlar (masalan, kon belgisi,
qadimgi konlar) tadqiqotga tortilmasdan qolmasin. Rekognostsirovka marshrutlari
vazifasiga xaritalashtirilayotgan hudud doirasidan tashqariga, tutash maydonlarni
qamrab olishi mumkin, chunki muayyan geomorfologik jarayon hamma vaqt unga
tutash hududlarda ham davom etadi, bu narsa avvaldan tuzilgan tadqiqot dasturini
rekognostsirovka aniqlash va muayyanlashtirish imkonini berishligini ko‘rsatadi.
Rekognostsirovka marshrut ishlaridan keyin boshqa asosiy marshrutlar
shahobchalari aniqlanadi, bu marshrutlar bo‘yicha tadqiqot ishlari amalga
oshiriladi. Zarurat tug’ilganda dala ishlarining so‘nggida bir necha yakuniy
marshrutlar tashkil qilinishi mumkin. Bunday yakuniy marshrutlardan maqsad dala
tadqiqotlari davomida u yoki bu sababga ko‘ra, ayrim joy yoki geomorfologik
ob‘ektga qay darajada e‘tibor berilgan bo‘lishini aniqlash, xaritani tuzishda ayrim
faktik ma’lumotlarni aniqlash, detallashtirish, umumiy dam tabiiy geografik
landshaft va geomorfologik xaritalarini yana bir tekshiruvdan o‘tkazishdan
iboratdir.
Kameral bosqich – barcha yig’ilgan faktik materiallarni qayta ishlash va
ularga muayyan geomorfologik qonuniyatlar bilan bog’lash va umumiy
geomofologik xulosa chiqarish bosqichidir. Bu bosqichda turli tahliliy ishlar –
ya‘ni tog’ jinslari namunalari laboratoriyada turli yo‘nalishda tahlil etiladi,
fotomateriallar deshifrovka qilinadi, yakuniy geomorfologik xarita tuziladi, ilmiy
hisobotning matni tuziladi, tegishli faktik ma’lumot hisobot matnga ilova qilinadi.
5. Hisobot bosqichi – tadqiqot ishlarining maqsad va vazifalariga ko‘ra
to‘plangan ma’lumotlar guruhlashtiriladi va tahlil etiladi. Chizmalar, lavhalar,
xarialar, diagrammalar, meteoma’lumotlar, gidrologik va boshqa ma’lumot tartibga
solinadi. Hisobot matni tuziladi. Matnda ekspeditsiya maqsadi, vazifasi, qaysi
tashkilot yoki muassasa tomonidan uyushtirilganligi, qanday metodlarda –(tayanch
maydonlar, marshrutlar) ish olib borilganligi, qanday natijaga erishilganligi ilmiy
ta‘rif talabiga muvofiq bayon etiladi. Ekspeditsiya oliy o‘quv yurti tomonidan
tashkil etilgan bo‘lsa avval tegishli kafedra, so‘ngra fakultet ilmiy kegashida va
o‘quv yurti kengashida muhokama etilib ma‘qullanadi. Ekspeditsiya rahbarlari
hisobotni yoqlaydilar. Taqrizchilar ekspeditsiya olib borilgan ishlar tadqiqotlar
rejaga va dasturga, maqsadga mosligi, ishlarning hisobot matnida aks etganligini
yozma ravishda, tegishli kengashda og’zaki bayon etishi ham mumkin.
Ekspedetsiya tadqiqotlarining bir turi va tarkibiy qismi sifatida tabiiy
geografik stadsionarlarni ko‘rsatish mumkin. MDH hududida bunday
stadsionarlarni tashkil etish tashabbuskori akademik A.A. Grigorev hisoblanadi.
Hozirgi Rossiya Fanlar Akademiyasi Geografiya ilmiy tadqiqot instituti Kursk,
Shushensk, Tyanshan stadsionarlari ish olib bordi. Stadsionarlarda tabiiy
komplekslarning reaksiya, issiqlik, suv, kirim-chiqim rejimi bilan birga biotic
yo‘nalishdagi tadqiqotlar ham olib borilgan. Hozirgi vaqtda gidrometeorologiya
stansiyalari; qo‘riqxona va milliy tabiat bog’larida olib boralayotgan dastur va
rejimning dastlabki varianti bo‘lgan stadsionar tadqiqotlar geografik mazmundagi
g’oyalarning amalda isbotlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
1/--страниц
Пожаловаться на содержимое документа